
"Andijon"ning ikki nafar futbolchisi chetlatilgan o‘yinda "Navbahor"ning qo‘li baland keldi
Bugun Namanganda “Navbahor” hamda “Andijon” jamoalari ishtirokidagi navbatdagi nazorat uchrashuvi o‘tkazildi.
Yodingizda bo‘lsa, ushbu klublar bungacha ham ikki marta Namanganda o‘zaro nazorat o‘yinida ishtirok etishgan va ikkalasida ham “Navbahor”ning qo‘li baland kelgandi. Qishki yig‘in davomida tashkillashtirilgan uchinchi vodiy derbisida ham yana mezbonlar zafar quchdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin, 53-daqiqada Marko Putinkanin hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Shohruh Mahmudxojiev jarima zarbasidan oradagi farqni ikkitaga oshirdi - 2:0.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu derbi ancha murosasiz hamda keskin ruhda o‘tdi. Shu bois, maydonda futbolchilar ishtirokida tortishuvli vaziyatlar ham kuzatildi. Oqibatda “Andijon” jamoasi o‘yinni ikki kishi kam bo‘lgan holda yakunlashga majbur bo‘ldi. Ibrohim Otaxonov hamda Kamron Najafaliev hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Nikola Tasich, Mirzohid G‘ofurov, Marko Putinkanin, Bahrom Abdurahimov, Quvondiq Ro‘ziev, Ivan Solovyov, Slavisha Stoyanovich, Zabihillo O‘rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Davronov, Azimjon Ahmedov, Farhod Mirahmatov, Sardor Telyakov, Abbos G‘ulomov, Islom Isoqjonov, Xushnud Avilov, Shoxruh Mahmudhojiev, Sherzod G‘ulomjonov, Temur Nabiev, Husayn Ergashboev.
“Andijon”: Nizomiddin Ziyovuddinov, Usmonali Ismonaliev, Plamen Dimov, Ibrohim Otaxonov, Sunnatilla Hamidjonov, Muhammad Isaev, Diyor Rahimqulov, Kamron Saidazimov, Farhod Sohibjonov, Doniyor Ismoilov, Abdulhay Ismoilov.
Zaxiradagi futbolchilar: Jasur Umrzoqov, Javohir Qilichev, Kamron Najafaliev, Abdug‘ani Kamolov, Mardon Abdullaev, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Doniyor Abdumannopov.
Fikrlar