
Andijonda muaytay bo‘yicha Viloyat chempionati o‘tkazildi
Andijon viloyati Sport boshqarmasining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2025-yil uchun vaqtinchalik respublika kalendar rejasiga muvofiq, joriy yilning 3-5 aprel kunlari Andijon viloyati Bo‘ston tumanida muaytay bo‘yicha kichik o‘smirlar va yoshlar (o‘g‘il va qiz bolalar U-17) o‘rtasida Viloyat chempionati o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar 15-20 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionatiga ishtirok etish uchun muhim yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, ushbu musobaqa doirasida viloyatning eng yaxshi sportchilari ishtirokida yarim professional janglar ham o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Muaytay federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar