
"Andijon" legioneri: "O‘yindan bir kun oldin gol uraman degandim"
“Andijon”ning Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘tgan uchrashuvida "Burgutlar"ning chernogoriyalik legioneri Luka Uskokovich juda muhim uchrashuvda debyut golini urdi va tarixiy g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.
Bellashuvdan keyin futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga shunday dedi:
“Xudoga shukr, biz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik va mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettiryapmiz. To‘g‘risi, uchrashuvdan bir kun oldin gol uraman degandim va mana shunday ham bo‘ldi. Lekin meni golim bu o‘yindagi g‘alabamiz kabi muhim emas. Asosiysi, jamoamizning g‘alabasi.
Rosti, bu tarixdagi birinchi g‘alabamiz ekanligini bilmagandim. Mana shunday muhim uchrashuvdagi muhim muvaffaqiyatli g‘alabaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan juda faxrlanaman”.
Fikrlar