Anchelottidan norozi yulduz “Real”ni tark etishga qaror qildi

  • 6 dekabr, 2024, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda Braziliyadan kelib, “Real”ga qo‘shilgan 18 yoshli Endrik Madridni tark etishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

Evropaga katta umidlar bilan kelgan yosh yulduz “Real”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti asosan tajribali o‘yinchilarga ishonch bildiryapti.

Endrik bu ahvol bo‘yicha o‘z e’tirozini aytdi va klub bilan 2030 yilgacha tuzilgan shartnomasi borligiga qaramay, boshqa jamoaga o‘tishni istayapti.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, Endrikka xaridorlar ham tayyor. So‘nggi paytda “Sautgempton”, “Tottenxem” va “Yuventus” kabi klublar yosh iqtidorga imkon bermoqchi.

Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Real” braziliyalik o‘yinchini to‘liq sotib yubormaydi. Biroq madridliklar uning tajriba to‘plashi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga jo‘natishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!