
Anchelotti Neymarni nega Braziliya termasiga chaqirmadi?
Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iyun oyidagi yig‘inga “Santos” hujumchisi Neymarni chaqirmadi.
Italiyalik mutaxassis o‘z qarorini quyidagicha tushuntirib berdi.
- Men yaxshi sport formasida bo‘lgan futbolchilarni tanlashga harakat qildim. Neymar yaqinda jarohat olgandi. Uning terma jamoa uchun muhim o‘yinchi ekani va har doim shunday bo‘lib qolishini hamma biladi.
Hozir ko‘p o‘yinchilar jarohatdan aziyat chekyapti va ularni xuddi Neymar kabi terma jamoaga jalb qilib bo‘lmaydi. Braziliyada iqtidorli o‘yinchilar juda ko‘p.
Neymar masalasida biz unga ishonishimizni aytishim kerak. Butun Braziliya unga ishonadi. U Braziliyaga bo‘lajak jahon chempionatiga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun qaytgan. Men u bilan gaplashdim va qarorimni tushuntirdim. U fikrlarimga to‘liq qo‘shildi, - dedi Karlo Anchelotti.
Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarni Ekvador v Paragvay futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar