
Anchelotti: “Neymar hali tiklanmagan..
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lajak uchrashuvlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Biroq tarkibdan Neymar va Rodrygo joy olmadi. Anchelotti ularning terma jamoaga jalb etilmaganiga izoh berdi.
“Neymar hali to‘liq tiklanmagan, shuning uchun bu safar tarkibda emas. U bilan gaplashdik va bu qarorni birgalikda qabul qildik. Men Neymarga ishonaman, unga tayanaman. Biz uni Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etkazishni istaymiz. Joelinton, Rodrigo, Ederson va Militao ham jarohat sabab chaqiruv olmadi”, — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Pentakampeonlar” 5 iyun kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushadi
Fikrlar