
Anchelotti chaqirgan hujumchiga “Real”ning puli etmadi
Karim Benzema “Real”ni tark etganidan keyin “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan “Tottenxem” to‘purari Harri Keynni olib kelishni so‘ragan ekan.
Taniqli jurnalist Mario Kortexanning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Harri Keyn qimmatlik qilishini aytib, bosh murabbiyning so‘roviga rad javobini bergan.
Harri Keyn anchadan beri sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoaga o‘tishni orzu qiladi. Biroq, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi mashhur to‘purarni hech bir jamoaga bermay kelayotgan edi.
Manbalarning yozishicha, “Bavariya” londonliklarni transferga ko‘ndirgan va Harri Keyn tez orada Bundesliga grandiga qo‘shiladi.
Fikrlar