Anastasiya Sevastova raqibini osongina mag‘lub qildi
Latviyalik tennischi Anastasiya Sevastova Moskva shahrida boshlangan "VTB Kreml Kubogi" musobaqasining birinchi davrasidan o‘tib oldi.
Nastiya mazkur bosqichda belaruslik Aleksandra Sosnovichga qarshi kortga chiqib, yakunda raqibi ustidan 6:1, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Sevastova yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida frantsiyalik Kristina Mladenovich, yoki qozog‘istonlik Yuliya Putintseva bilan o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.



Fikrlar