
Ana xolos! “Real” Anchelotti o‘rniga murabbiy topdi
“Real” milliy chempionatda etakchilik qilayotgani va Chempionlar ligasida yarim finalga chiqqaniga qaramay, klub rahbariyati Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa mutaxassisni bosh murabbiy qilmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” jamoani Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyovga topshirmoqchi. Tajribali mutaxassis o‘tgan yildan beri ishsiz yuribdi.
Avvalroq, Lyov Turkiyaning “Fenerbahche” klubiga qaytishi xaqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Lekin bu ish amalga oshmay qoldi.
Yoaxim Lyov 1998-199 yillarda turklarning mashhur jamoasini boshqargan va milliy chempionat sovrindori bo‘lgan.
Fikrlar