Ana xolos! Messining transferini uddalab bo‘lmaydi!

  • 6 may, 2023, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati PSJ hujumchisi Lionel Messining transferini uddalay olmaydi. Chunki kataloniyaliklar iqtisodiy muammolar to‘riga ilinib qolgani bunga yo‘l qo‘ymaydi, deb yozmoqda Ispaniyaning AS nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Messi transferiga to‘sqinlik qilayotgan bir necha masala bor. Birinchidan, klub “Kamp Nou”ni rekonstruktsiya qiladi. Bu loyiha klubga 55 million evro miqdorida ziyon keltiradi. Buning ichida rekonstruktsiya davrida chipta savdosidan keladigan mablag‘ uzilishi ham bor.

Ikkinchidan, o‘tgan yili klub rahbari Joan Laporta yuritgan moliyaviy siyosat bundan buyog‘iga klubga o‘z salbiy ta’sirlarini o‘tkaza boshlaydi.

Uchinchidan, “Barselona” Messini olib kelish uchun hamma iqtisodiy muammolarini yopa olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!