
Ana xolos! Jamoa sardori Ronalduning kelishiga qarshi!
“Manchester Yunayted”ni tark etishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Bu ma’lumotlarga “Atletiko” sadori Koke munosabat bildirdi.
- Jamoamiz haqida juda ko‘p mish-mishlar eribdi. Lekin men jamoadoshlarimning har biriga sodiqman. Bizda Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya va Frantsiya terma jamoalarining hujumchilari bor.
Jamoada ajoyib o‘yinchilar jamlangan va shu bois kimlardir kelishi haqidagi xabarlarga e’tibor qaratmaymiz. Biz safimizda borlarga e’tibor qaratamiz. Klubimiz sharafini himoya qilishga haqli va loyiq futbolchilar bilan muvaffaqiyatga erishishni istaymiz, - dedi Koke.
Fikrlar