
Ana xolos! “Chelsi” butun tarkibdan voz kechdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter yuqori saviyali o‘yinchilarning haddan ko‘pligi unga jamoani boshqarishga xalaqit qilayotganidan noligan edi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida jami 11 nafar futbolchidan voz kechishga qaror qilgan.
Birinchilardan bo‘lib, “aristokratlar” safini avvalgi bosh murabbiy taklif qilgan Per-Emerik Obameyang tark etishi kerak. Shuningdek, ketadiganlar ro‘yxatiga ancha mashg‘ur yulduzlar, xususan, Hakim Ziesh, Kristian Pulishich, Kay Xaverts, Eduar Mendi, Meyson Maunt, Mateo Kovachich, Ruben Loftus-Chik, Konor Gallaxer, Trevo Chaloba va Denis Zakariya ham kiritilgan.
Grem Potter yosh va kurashuvchan jamoa shakllantirishga bel bog‘lagan. Uning harakatlari klub xo‘jayini Todd Byoli qo‘llab-quvvatlamoqda.
Fikrlar