
Ana holos! Neymar "Barsa"ni sudga berdi
PSJ forvardi Neymar "Barselona"ni yana sudga berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi Kataloniya klubini tark etganida, klub Neymar maoshining bir qismini to‘lamagan.
Shu qatorda, "Barsa" bilan shartnomani uzaytirgani uchun bonus pullari va vaqtida to‘lanmagan maoshning foizlarini undirib olmoqchi. Umumiy hisobda kataloniyaliklarning qarzi 3,5 mln evroni tashkil etmoqda.
Neymar "Barselona"ni mutlaqo adolatsizlikda ayblamoqda va PSJga o‘tib ketgani uchun atayin pullar berilmayapti deb ta’kidlamoqda.
Xabarga ko‘ra, ispanlar yozda futbolchini tarkibga qo‘shib olganida, Neymar da’volarini qaytarib olmoqchi bo‘lgan.
Shu bilan birga, braziliyalikning fikricha, "Barselona" tegishli pullarni to‘lab berishga va’da bergan, ammo kelishuvni buzgan.
Fikrlar