“An-Nasr” oxirgi jamoa emas. Ronaldu faoliyatini qaysi jamoada tugatishini aytdi

  • 28 oktabr, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi oxirgi jamoa bo‘lmaydi.

Tecno

TCR nashrining ma’lum qilishicha, 39 yoshli yulduz professional faoliyatini o‘zi o‘ynay boshlagan klubda yakunlashga qaror qilgan.

- Men faoliyatimni “Sporting”da yakunlashim kerak. Hatto buning uchun futbolda yana bir mavsum qolishimga to‘g‘ri kelsa ham, shu yo‘lni tutaman.

Agar “Sporting” bo‘lmaganida, men hali ham Makdonaldsda ishlab yurgan bo‘lardim, - degan Krishtianu Ronaldu.

Ronaldu “Sporting” akademiyachiga 1997 yili 12 yoshida kelgan. 2002-2003 yilgi mavsumda asosiy jamoada debyutini nishonladi. “Sporting”da jami 31 ta uchrao‘uvda qatnashib, beshta gol va oltita assist muallifi bo‘lgan.

2003 yili “Sporting” iste’dodli tarbiyalanuvchisini 19 million evro evaziga “Manchester Yunayted”ga transfer qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!