
Amorim qasdini olyapti. Bosh murabbiy Garnachoni nega o‘ynatmayotgani oshkor bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoada to‘liq o‘zining ustunligini o‘rnatishga hrakat qilmoqda.
Keyingi paytda portugaliyalik mutaxassis jamoa etakchilaridan Markus Reshford va Alexandro Garnachoga imkoniyat bermay qo‘ydi.
Jurnalist Kris Uilerning aniqlanishicha, Amorimning Garnacho xizmatidan foydalanmayotganiga o‘ziga yarasha sabablar bor ekan.
Voqea Evropa Ligasi doirasida “Viktoriya” qarshi o‘yinning 81-daqiqasida yuz bergan. O‘shanda argentinalik futbolchi zaxiradan maydonga tushayotgan paytda bosh murabbiyning unga bergan ko‘rsatmalarini diqqat bilan eshitmagan va bunga e’tibor qaratmagan.
Mana shu holat Ruben Amorimning iste’dodli o‘yinchi haqidagi fikrlarini salbiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Garnacho joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, sakkio‘ta gol va to‘rtta assist qayd etgandi.
Fikrlar