Amorim: “Men rekordga emas, natijaga qarayman”

  • 3 yanvar, 21:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim “Liverpul”ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis navbatdagi o‘yin va Markus Reshford haqida gapirdi. 
 
“Biz ertaga dunyoning eng kuchli klubi bilan to‘qnash kelamiz. Shuning uchun men qandaydir rekordlarga emas, muvaffaqiyatga erishish haqida o‘ylayman. Shu bois, jamoam bilan ko‘proq mashg‘ulotlarga e’tibor beradigan bo‘ldik. 
 
Agarda Reshford haqida gapiradigan bo‘lsam, angliyalik hujumchi ertaga maydonda harakat qilmaydi. Xattoki, Markus biz bilan mashg‘ulot ham o‘tkazmadi. Bunga asosiy sabab shuki, u biroz shamollagan, o‘zini noqulay his qilmoqda. Shu sababli, 27 yoshli futbolchi mersesaydliklarga qarshi to‘qnashuvda bizga yordam bera olmaydi” – dedi portugaliyalik bosh murabbiy. 
 
Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim boshchiligidagi “qizil iblislar” so‘nggi 5 ta uchrashuvning 4 tasida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!