
Amorim: Chempionatda g‘olib bo‘lishni istasak...
Angliya Premer-ligasining 15-tur doirasida "Manchester Yunayted" "Nottingem Forest" bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv oldidan Ruben Amorim matbuot anjumanida qatnashib, klub qanday qilib ichki chempionatda g‘olib bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
- Biz agarda mahalliy ligada g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsak, ko‘proq maydonda yugurishimiz kerak. Futbolchilarim men o‘ylaganchalik ter to‘kishsa, albatta biz muvaffaqiyatga erisha olamiz.
Shu kunga qadar zafar quchib kelgan jamoalar ham qattiq mehnat qilishgan. Sizda eng zo‘r 11 ta futbolchilardan tuzilgan asosiy tarkib bo‘lsa ham harakat qilishmasa, g‘alaba qozona olmaysiz, – deb aytib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, APLning o‘tgan turida Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" "Arsenal"ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Navbatdagi turda esa jamoa "Nottingem Forest" bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar