
Allegri yulduz futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchi Paulo Dibalaning kelajagi haqida gapirib o‘tdi. Italiyalik mutaxassis argentinalikning klubda qolishini hoxlamoqda.
"Albatta, men uning ketmasligini istayman. Shuningdek, hozirda Paulo bilan munosabatlarimiz yaxshi.
Shartnoma masalasiga kelsak, buni men emas, raxbariyat hal qiladi. Umid qilaman-ki, mazkur jarayon Dibala va biz uchun ijobiy yakunlanadi", - dedi Allegri.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli iqtidorga "Tottenxem", PSJ, MYu va "Chelsi" kabi klublar qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Paulo Dibala turinliklar safida A Seriyadagi 15 uchrashuvda harakat qildi hamda o‘z nomiga 6 gol va 3 assistni rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar