Alisson yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi

  • 23 sentabr, 2019, 23:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milan shahrida yilning eng yaxshilari FIFA tomonidan taqdirlanmoqda. Shu qatorda, yilning eng yaxshi darvozaboni ham ma’lum bo‘ldi.

Tecno

"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker eng yaxshi darvozabon mukofoti bilan taqdirlandi.

Sovrin uchun braziliyalik posbondan tashqari, Ederson ("Manchester Siti") va ter Shtegen ("Barselona") da’vogarlik qilishayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Alisson o‘tgan mavsumda "Liverpul" bilan birgalikda chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi va APLda vitse-chempion bo‘ldi. Bundan oldin, Alisson UEFA tomonidan ham yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga sazovor bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!