
Aleksis Sanches o‘zi o‘ynagan film afishasini namoyish etdi (foto+video)
"Manchester Yunayted"ning chililik hujumchisi Aleksis Sanches o‘zi rol ijro etgan "Mening do‘stim Aleksis" badiy filmi afishasini namoyish etdi. Ushbu film 30 maydan ekranlarga chiqishi aytilmoqda.
Film syujeti chililik yigitning Aleksis Sanchesning yo‘lidan yurishni va u bilan tanishishni orzu qilishi haqidadir. Mazkur kartina Sanchesning ona shahri Tokopilyada suratga olingan.
Fikrlar