
Aleksandr Usik va Daniel Dyubua jangi oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan faktlar!
19 iyul kuni Britaniyaning London shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangida ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Daniel Dyubua o‘zaro jang qilishadi. Quyida mazkur bahs oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan faktlarni sizga namoyish etamiz.
1. Bu Usikning britaniyalik bokschilarga qarshi qatorasiga ettinchi jangi. Oldingi oltita uchrashuv Usikning g‘alabasi bilan yakunlangan;
2. Dyubua bilan revansh Aleksandr uchun 2021 yildan beri uchinchi jang hisoblanadi. Bunga qadar ukrainalik bokschi Tayson Fyuri va Entoni Joshua bilan kurashgan edi;
3. Agar mazkur to‘qnashuvda Daniel g‘alaba qozonsa, u Buyuk Britaniyadan chiqqan ikkinchi mutlaq jahon chempioniga aylanadi. Birinchisi - Lennoks Lyuis;
4. Dyubua 1990 yildan keyin tug‘ilgan, tarixdagi og‘ir vazn toifasida ikkinchi jahon chempionidir. Birinchisi Jozef Parker edi;
5. Daniel Usikdan 11 yosh kichik, ammo professional boksda britaniyalik nisbatan ko‘proq jang o‘tkazgan.
Fikrlar