Alaba "ochko‘zligi" tufayli jamoasiz qolishi mumkin

  • 11 fevral, 2021, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Bavariya” himoyachisi David Alabani olish fikridan qaytdi. Yozda erkin agentga aylanadigan avstriyalik futbolchi uchun asosan “Chelsi” va “Real” da’vogarlik qilayotgan edi.

Tecno

Londonliklarning transferdan voz kechishiga 28 yoshli futbolchining nihoyatda yuqori maosh so‘rayotgani sabab bo‘ldi. Aslida myunxenliklarning ham universal himoyachini o‘z tarkibidan qo‘yib yuborayotgan uning katta mablag‘ talab qilayotgani bilan bog‘liq.

Ma’lumotlarga qaraganda, David Alaba “Chelsi”dan yiliga 22 million evro miqdorida maosh to‘lashni so‘ragan. Pandemiya oqibatida yuzaga kelgan vaziyatda londonliklar buncha pul berishni istamadi.

Endi Alaba oldida yagona variant – “Real” bilan kelishish qoldi. Madridliklar futbolchining talabini qondirishga roziligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!