
Alaba hammani aldadimi?
Yozda “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanadigan David Alaba jamoadan ketishi kutilayotgan edi. Hatto uning agentlari “Real”, “Chelsi”, “Barselona”, PSJ kabi qator grand klublar bilan muzokara qilayotgani haqida xabarlar tarqatildi.
Endi esa, avstriyalik futbolchi Myunxenda qolishni istayotganini ta’kidlamoqda.
- Bu mavsumda ishlarim yurishmayapti. Men o‘z o‘yin uslubimni yangilay olganim yo‘q. O‘tgan yilgi usulim o‘zgarmay qoldi. “Bavariya”da yana bitta omadli mavsum o‘tkazishim men uchun muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Alaba Bild nashriga.
David Alaba “Bavariya” taklif qilgan shartnomalarni bir necha marotaba rad etdi va katta mablag‘ so‘radi. Xususan, boshqa klublar ham o‘tkazilgan muzokaralarda universal himoyachi talab qilayotgan maoshni to‘lashga tayyor emasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar