Alaba bir shart bilan "Barselona"ga o‘tishga roziligini bildirdi!

  • 20 yanvar, 2021, 17:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba shu yozda jamoasini o‘zgartirishi ko‘pchilikka ma’lum. Futbolchiga Evropaning bir qancha grand klublari qiziqayotganidan ham xabaringiz bor.

Tecno

Kecha avstriyalik himoyachi "Sky Sports Germany" nashriga bergan intervyusida o‘zining kelajagi borasidagi ayrim fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, David "Barselona" prezidentlik saylovlarida Joan Laporta g‘olib chiqqan taqdirda kataloniya klubiga qo‘shilishi mumkinligini aytgan. "Real" bilan uzoq muddatdan beri muzokaralar o‘tkazib kelayotganiga qaramay, Alaba yakunda hech kim kutmagan qarorni chiqaradiganga o‘xshayapti. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Avvalroq, Alabaning kelasi mavsumda ham "Bavariya"da qolmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!