"Al-Ahli"ni portugaliyalik murabbiy boshqarishi mumkin

  • 21 iyul, 2023, 19:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Ahli" "Fulxem" ustozi Marko Silvaga ikkinchi taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Dastlab portugaliyalik mutaxassis Saudiya klubini boshqarishga rozi bo‘lmagandi. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Ahli" Silvaga ikki yillik 40 million evroga teng maosh bermoqchi. Murabbiy tez orada London klubi rahbariyati bilan bog‘lanib, yakuniy qarorni qabul qiladi. 

Ma’lumot uchun, Marko "Fulxem"ni 2021 yildan beri boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida jamoa APLning 10-o‘rinida mavsumni yakunladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!