Akademik eshkak eshuvchilarimiz Vetnamda!
16-19 oktyabr kunlari Vetnamda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Xayfon shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada qit’amizning 18 mamlakatidan 232 nafar sportchi ishtirok etadi.
O‘zbekiston "Rowing&Canoe" federatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur chempionatda terma jamoamizning 23 nafar a’zosi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hozirda sportchilarimiz Xayfon shahrida so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishyapti.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar