
Ahmedovning jamoadoshi Kataloniya klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi
Kataloniyaning "Espanol" klubi "Shanxay SIPG" hujumchisi Xalkni sotib olishni rejalashtirmayapti.
"Bunday futbolchilar bizning jamoamizga mos kelmaydi", - deydi "Espanol" direktori Rufete.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Espanol” Xalkni mavsum yakunigacha ijaraga olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xalk joriy mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Espanol” esa 18 ta turdan so‘ng La Ligada 10 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar