
Aguero va Torresning gollari "Manchester Siti"ga Londonda g‘alaba keltirdi (video)
Angliya premer-ligasining 34-turida “Manchester Siti” safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.
Londondagi o‘yin 0:2 hisobida “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Siti” safida gollarni Serxio Aguero (57') va Ferran Torres (59') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Agar “Manchester Siti” 8 may kuni navbatdagi turda “Chelsi”ni mag‘lub etsa, muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.
Fikrlar