Aguero nega aynan "Barselona"ga o‘tmoqchi?

  • 20 aprel, 2021, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero yozda "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaning, “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadigan 32 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolash masalasi ustida ish olib bormoqda. Aguero bilan 2 yillik shartnoma imzolanadi.

Aguero yozda "Manchester Siti"dan ketishini allaqachon e’lon qildi. U “shaharliklar” safida 10 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Hozirda Serxioga xaridor bo‘layotgan jamoalar ko‘p. Ammo ular orasida “Barselona” favorit bo‘lishi mumkin. Chunki kataloniyaliklar safida Agueroning yaqin do‘sti Lionel Messi to‘p suradi va ushbu omil uning “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!