
Aguero "Barselona"da qancha maosh oladi?
"Manchester Siti"dan ketayotgan hujumchi Serxio Aguero faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
Esport 3 tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” safida yiliga 6 mln evro maosh oladi. Aytish kerakki, bu uning "Manchester Siti"dagi maoshidan ikki barobar kam deganidir.
Aguero "Barselona" safiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tadi. Chunki uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.
Serxio Aguero joriy mavsum "Manchester Siti" safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar