
A Seriyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri transferga qo‘yildi
"Fiorentina" prezidenti Rokko Kommisso klub forvardi Federiko Keza uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Oldinroq, 22 yoshli futbolchi uchun "Yuventus" va "Inter" klublari da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
"Keza qolishini xohlaymiz. Biroq, u o‘zi istagan ishni qilishi mumkin. Eng asosiysi Keza biz ko‘zlagan summaga transfer qilinadi", - deydi Kommissso.
O‘tgan mavsumda Keza A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar