
A Seriya. "Yuventus" o‘z maydonida ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
A Seriyaning 26-turida "Yuventus" "Sampdoriya"ni o‘z uyida qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Bremer 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Rabo 26-daqiqada oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Ammo mehmonlar 2 daqiqa ichida imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 64-daqiqada Rabo raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yin tugashiga oz qolganida zahiradan maydonga tushgan Sule ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, turinliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 7-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar