
A Seriya. Ronaldusiz "Yuventus" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
"Sardinya Arena"da kechgan uchrashuvda turinliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Leonardo Bonuchchi va Moyze Kinlar mualliflik qilishdi.
Qayd etish joiz, mazkur bellashuvda "keksa sinora" ustozi Massimiliano Allegri Krishtianu Ronaldu, Mario Manjukich va Paulo Dibala kabi etakchi futbolchilarga dam olish imkonini berdi.
Shu tariqa "Yuventus" hisobidagi ochkolar soni 81 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. "Kalyari" esa 33 ochko bilan 13-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar