A Seriya. Peshqadam "Milan" ochko yo‘qotdi
A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan "Milan" — "Sassuolo" jamoalari o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi — 2:2.
Dastlab, mehmonlar safida o‘ynayotgan Kone 13-daqiqada hisobni ochdi. Shundan so‘ng "rossonerilar" a’zosi Bartezagi 34 va 47-daqiqalarda gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 77-daqiqada Laurente hisobni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Massimiliano Allegri shogirdlarining ochkolari soni 32 taga etdi va "Milan" turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Agar "Napoli" ushbu turda g‘alaba qozonsa, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Milan
- Davide Bartesaghi 34'
- Davide Bartesaghi 47'
Tugadi
2
:
2
14.12.2025 16:30
Sassuolo
- Ismaël Koné 13'
- Armand Laurienté 77'



Fikrlar