A Seriya. "Kalyari"ning "Empoli"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi

  • 2 mart, 2024, 22:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Italiya A Seriyasi 27-tur o‘yinlari davom ettiriladi. 

Tecno

Ushbu turda Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Kalyari" safarda "Empoli" bilan o‘ynaydi. Mazkur bahs uchun sardiniyaliklarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Vanihoyat, Shomurodov ikki oylik tanaffusdan so‘ng qaydnomaga kiritildi. Terma jamoamiz sardori Osiyo kubogi oldidan oyoq barmoqlaridan birini sindirib olgan edi va Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirni ham o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Klaudio Raneri shogirdlari 20 ochko to‘plagan holda 19-o‘rinda bormoqda.

lpti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!