
A Seriya. "Inter" kutilmaganda durang o‘ynab qo‘ydi
Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Simone Indzagi boshchiligidagi "Inter" "Parma" bilan kuch sinashib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Darmian hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘nggida Tyuram hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limning 60 va 69-daqiqalarida Bernabe va Ondreyka hisobni tenglashtirib, "nerazzurilar"ni g‘alabadan mahrum qilishdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Inter: hozirgi kunda 31 ta o‘yindan so‘ng 68 ochko to‘plagan holda, peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Napoli" esa bu turdagi o‘z bahsini o‘tkazmasdan turib, 64 ochko to‘plab raqibini quvib kelmoqda.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Parma
- Adrián Bernabé 60'
- Jacob Ondrejka 69'
Tugadi
2
:
2
05.04.2025 21:00

Inter
- Matteo Darmian 15'
- Marcus Thuram 45'
Fikrlar