Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasidagi ishini davom ettiradi

  • 10 avgust, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich o‘z ishini davom ettiradi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, 51 yoshli mutaxassis kecha o‘zining jamoadagi kelajagini muhokama qilish uchun assotsiatsiya prezidenti Davor Shuker bilan uchrashgan.

Dalichning Xorvatiya terma jamoasini boshqarishda davom etishi to‘g‘risidagi yakuniy qaror kelgusi haftada bo‘lib o‘tadigan mamlakat futbol assotsiatsiyasi ijroqo‘mining navbatdagi sessiyasida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, aynan Dalich boshqaruvidagi Xorvatiya terma jamoasi JCh-2018da finalga qadar etib borib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!