“Yuventus” Emre Janni o‘z safiga qo‘shib oladi va yiliga 4 mln evro to‘laydi

  • 9 dekabr, 2017, 11:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Yuventus” jamoasi “Liverpul” yarim himoyachisi Emre Janni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda Football Italia nashri ma’lum qildi.

Emre Janning mersisaydliklar bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilning yozida tugaydi. Demak, yanvar oyida boshlanadigan transfer mavsumida u bir qator klublar bilan muzokaralar olib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Yuventus” 23 yoshli futbolchiga yiliga 4 mln evroga teng 5 yillik shartnoma taklif qilgan va transfer borasida kelishuvga erishgan. Emre Janning xizmatlariga “Inter” va “Real” qiziqmoqda.

Joriy mavsumda Emre Jan APLning 12 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!