Xakan Chalxanoglu “Milan” bilan shartnoma imzolash uchun Milanga etib keldi (Foto)

  • 2 iyul, 2017, 18:30
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, bir necha kundan beri “Milan” Germaniyaning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluni qo‘shib olishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalayotgandi. Shu kunlarda ushbu transfer amalga oshadi. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, turkiyalik xavbek ayni paytda Italiyaning Milan shahriga etib kelgan. Futbolchi yaqin soatlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va jamoa bilan shartnoma imzolaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Xakan Chalxanoglu yakunlangan mavsum Bundesligada 15 o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 6 marta ishg‘ol qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!