
"Vilyarreal" futbolchilari Cherishevni qahramonlardek kutib olishdi
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis Cherishna "Vilyarreal" klubi mashg‘ulotlariga borib qo‘shildi. Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida jamoa a’zolari Cherishevni iliq kutib olishgani yozilgan.
"Klubdagi jamoadoshlari rossiyalik futbolchining JCh-2018 dagi ishtirokini yuqori baholashdi va uni qarsaklar bilan kutib olishdi. So‘ng barcha futbolchilar u bilan alohida tabriklab, so‘rashib chiqdi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Cherishev mundialda Rossiya termasi safida chorak finalga qadar etib bordi va turnir davomida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritshga erishdi.
Fikrlar