Valon Bexrami: Meni siyosiy sabablarga ko‘ra terma jamoaga boshqa chaqirishmaydi

  • 7 avgust, 2018, 10:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Valon Bexrami bosh murabbiy Vladimir Petkovich siyosiy sabablarga ko‘ra uni terma jamoaga boshqa chaqirmasligini aytdi.

Tecno

“Meni bosh murabbiy Vladimir Petkovich oldiga chaqirdi. Men odatdagidek muloqot bo‘ladi deb o‘ylagan edim, ammo u meni terma jamoa o‘yinlariga boshqa chaqirmasligi haqida aytdi.

Bu siyosiy qaror. Men bunga to‘liq ishonaman”, - deydi Bexrami.

Xabarlarga qaraganda Petkovich shuningdek Blerim Jemaili, Jelson Fernandes va Shtefan Lixtshtayner kabi futbolchilarni ham terma jamoaga boshqa jalb etmasligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!