
Unutilayozgan “super Mario”ga nima bo‘lmoqda?
Qisqa muddatli shonli davriga qaytishga urinayotgan 27 yoshli italiyalik futbolchi yangi mavsum arafasida bir haftalik qamoq jazosini o‘tadi. Unutilayozgan “super Mario”ga nima bo‘lmoqda?
Roberto Manchini Balotellini Italiya termasiga chaqirib uni Saudiya Arabistoni va Frantsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga chaqirganiga ham mana to‘rt yil to‘ldi.
“Nega doim men” kunlari o‘tib bo‘ldi, hujumchi o‘tgan mavsumda faoliyatidagi eng yaxshi mavsumiga yaqin darajadagi o‘yinini o‘tkazdi. U chempionat doirasida 18 gol urishga erishdi. Biroq u o‘z o‘yini va xulq-atvorini yo‘qotib qo‘ygondek taassurot uyg‘otmoqda.
“Nitstsa” bosh murabbiy Lyusen Favr hujumchisiga ikkinchi farzandi Lion tug‘ilganidan keyin yana o‘z o‘yinini topishiga katta yordam bermoqda.
Ammo uning munosabati o‘yinida asosiy zaifligi bo‘lib turibdi. Favrga ko‘ra Balotelli o‘zi istasa eng yaxshi hujumchiga aylanishi mumkin. Biroq undagi intizom va dangasalik buning ro‘yobga chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Manchinining hujumchi bilan bo‘lgan o‘zaro iliq munosabatlari tufayli “Inter” va “Manchester Siti”da “super Mario” futbolchi sifatida qayta tug‘ilgandi va rivojlanishga erishgandi. Biroq “Liverpul” va “Milan”dagi faoliyati ancha achinarli bo‘ldi. Ikki mavsum davomida atigi ikki chempionat golini urishga erisha oldi.
“O‘tgan to‘rt yilda men qiyinchilikka uchradim” – deydi Manchini Canale 5 ga Balotellini termaga qayta chaqiruviga ishora qilarkan. “Hazil o‘z yo‘liga, men unga samimiyman va u bilan ishlash istagim bor. Doim aytganimdek, qolgani uning o‘ziga bog‘liq.”
Yoz esa Balotelli uchun bir tekis kechmadi. Iyul oyi boshida OAV italiyalik hujumchining “Marsel” bilan kelishuvga erishganini yoza boshladi. Ayni onda Xitoy Super Ligasiga ham o‘tayotgani haqida bong urishdi. U erda aql bovar qilmas maosh yiliga 30 million evro ishlab toparkan.
Ammo yakunda “Velodrom”da ikki yillik shartnoma imzolanishi kelishib olindi. Ammo muxlislar shartnoma rasman ma’lum qilinishi kutaverib charchashdi. Bu haqida sukunat hukmronlik qildi.
Bu vaqtda Balotelli yangi bosh murabbiy Patrik Vieyra qo‘li ostida mavsumoldi tayyorgarlikka kirishdi va klubning aksil muxlislari sha’niga aytgan tanqidlari sabab o‘zini panjara ortida ko‘rdi.
Asosiy tarkibdan uzoqda ishlayotganiga qaramay mashg‘ulotlarga qaytgan. Har bir kun italiyalik futbolchi uchun ikki marta qiyin kechmoqda. Tinmay mehnat qilmasdan uning katta arenaga qaytishi imkonsiz.
Albatta, “super Mario”ning kelajagi hal qilinishi yaqin orada bo‘lmasa kerak. “Yuventus” yoki “Milan” bo‘lmasa ham, “Parma” italiyalik futbolchini ortga qaytarishi mumkin. Nice Matin nashriga ko‘ra, hujumchi “Alyans Rivera”da yangi shartnoma imzolashi va maoshi oshirilishi haqida xabar tarqatmoqda.
Hozir yuz berayotganlarni barchasi Balotelliga yordam bermasligi aniq. Uning faoliyati o‘tgan mavsumdan boshlab yana o‘z joyiga qaytishni boshlagan edi. Buning uchun Balotelli o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi kerak.
Aks holda, futbol olamiga chaqnab kirgan futbolchining oqibati havas qilgudek tugamasligi mumkin.
Fikrlar