"Tottenxem" so‘nggi 55 yilda ilk bor "Chelsi" ustidan qatorasiga 3ta o‘yinda g‘alaba qozondi

  • 9 yanvar, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Tottenxem” Angliya liga kubogi yarim finalida hamshahari “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu Maurisio Pochettino shogirdlari shu tariqa “aristokratlar”ni qatorasiga 3ta o‘yinda mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi. Kechagi o‘yinga qadar “shporlar” “Chelsi”ni chempionat doirasida ham ketma-ket ikki marta taslim etishga ulgurishgan edi.

Qayd etish lozimki, “Tottenxem” so‘nggi bor “Chelsi” ustidan qatorasiga bunday uzoq seriyali g‘alabalarni 1961-1963 yillarda qo‘lga kiritgan. O‘shanda “aristokratlar” ketma-ket 5ta o‘yinda “shporlar”ga mag‘lub bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!