
"Tottenxem" futbolchisi jarohat oldi
Angliyaning “Tottenxem” jamoasi himoyachisi Kiran Tripper kecha “Yuventus”ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi va birinchi bo‘lim yakuniga etmasdan jarohat oldi va maydonni tark etdi.
“Kiran bugun jarohat oldi va uning ahvolini aniqlashtirish uchun dushanbagacha kutishimizga to‘g‘ri keladi”, – deb aytib o‘tdi “Tottenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.
Endilikda Tripper mavsum boshini o‘tkazib yuborishi mumikin. Kayl Uoker “Manchester Siti”ga ketgach, uning o‘rnini kichik Kayl Uoker-Piters to‘ldiradi.
Ma’lumot uchun, “shporlar” APL 1-turida “Nyukasl” mehmoni bo‘lishadi. Ushbu o‘yin 13 avgustda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar