
Toshkent shaxrida O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Xalqaro musobaqalarga jumladan, 2018 yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi ParaOsiyo O‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda viloyatlarda selektsiya qilingan sportchilarni saralash maqsadida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Toshkent shaxrida O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazdi.
Toshkent shahridagi Paralimpiya markazida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida dzyudo sport turi bo‘yicha musobaqada 100ga yaqin paralimpiyachilar (-60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 vazn toifasida o‘g‘il bolalar -48, -52, -56, -63, -70, +78 vazn toifasida qiz bolalar) sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
Toshkent shahridagi Olimpiya zaxiralari kolledjida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida engil atletikaning yugurish (60m, 400m, 800m), uzunlikga sakrash, yadro va nayza otish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada 60ta paralimpiyachilar sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida suzishning batterflyay, chalqancha, erkin va brass suzish turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada 20dan ortiq paralimpiyachilar sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan g‘oliblar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar