Terma jamoamiz uchun Erondan «revansh» olishga imkoniyat tug‘ildi

CHERY AUTO

 

Tecno

O‘tgan hafta Eron Futbol Federatsiyasida futzal va sohil futbolini yanada rivojlantirishga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda eronlik mustaqil jurnalist SPORTS.uz axborot portaliga xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu yig‘ilish doirasida Eronda futzal va sohil futbol sport turlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan ustuvor rejalar qabul qilingan. Shuningdek Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining amaldagi chempionlari oldiga 2018 yilgi turnirga munosib tayyorgarlik olib borish vazifasi ham qo‘yilgan.

Ushbu tayyorgarlik doirasida eronliklar Xorvatiya hamda O‘zbekiston terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Joriy yilning 3 va 4 aprel kunlari Eron terma jamoasi xorvatiyaliklar bilan bahs olib borsa, aprel oyi so‘nggida mamlakatimizga tashrif buyuradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron milliy terma jamoasi bilan birgalikda Eron yoshlar terma jamoasi ham poytaxtimizga tashrif buyuradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘zbekistonlik yoshlar ham eronlik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlarning aniq vaqtlari hali ma’lum qilinmagan.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!