
Tailand terma jamoasi ikkinchi oltin medalini oldi
Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari ham Tailand terma jamaosi uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Biroz avval ayollar o‘rtasida vazni 53 kilogrammgacha bo‘lgan ishtirokchilar bahs poyoniga etdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda Tailand vakilasi Surodchana Xambao ikkikurash bo‘yicha barcha raqibalarini ortda qoldirdi. Ta’kidlash joiz, bu Tailand terma jamoasi uchun ikkinchi oltin medali bo‘ldi. Kumush va bronza medallari esa AQSh hamda Kolubiya terma jamoasi a’zolariga nasib etdi.
Ushbu dasturda ishtirok etgan Zuhra Otajonova dast ko‘tarishda 62, siltab ko‘tarishda 84 kilogramm natija qayd etib, kuchli o‘nlikdan joy oldi. Birozdan so‘ng tajribali vakilmiz Adhamjon Ergashev vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan ishtirokchilarning "A" guruhida oltin medal uchun kurashga kirishadi.
Fikrlar