Stenli kubogida pley-off uchun kurash jiddiy kechmoqda

CHERY AUTO

Bugun Milliy xokkey ligasining muntazam chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari o‘tkazildi. Ayni paytga kelib, guruh bosqich bellashuvlari o‘z yakuniga etib borayotgani uchun bosh sovrin yo‘lida kurash olib boradigan jamoalar soni tobora oydinlashib qoldi. 

Tecno

O‘tkazilgan bahslarning birida "Kolambus" o‘z maydonida amaldagi chempion "Pittsburg"ni qabul qilib, bullitlar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shunday bo‘lsa ham jamoa 1 ochkoga ega bo‘ladi. Qo‘lga kiritilgan ushbu ochko klubning qolgan bahsdagi o‘yinlari qanday hisobda yakunlanishidan qat’i nazar keyingi bosqich eshigini ochib berdi.

Shu tariqa, "Kolambus" umumiy hisobda to‘rtinchi bor, qatorasiga esa o‘z tarixida ilk bor pley-offga chiqdi. Shuningdek, "Toronto"ni mag‘lub etgan "Nyu-Jersi" (2:1) ham pley-off masalasini ijobiy hal qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!