
Sher Mamazulunov 31 may kuni ringga chiqadi
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Sher Mamazulunov o‘zining navbatdagi jangini 31 may kuni o‘tkazadi. Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuv TNA qoidalari bo‘yicha TATNEFTЬ kubogi uchun bo‘lib o‘tadi. “Tatneft Arena”da 5 ta mintaqaning 30 davlatidan 48 ishtirokchi g‘oliblik uchun ringga chiqishadi.
Hamyurtimizga mazkur to‘qnashuvda shveytsariyalik Daniel Stepanovskiy raqiblik qiladi.
TNA versiyasi – Chempionat uchun maxsus ishlab chiqilgan va jangda faqatgina texnik zarbalaridan foydalanish mumkin. Unda kiokushinkay, muay-tay va kikboksing jang san’atlari bellashuvlarning tomoshabopligini oshiradi. Jangchilar barcha jang san’atlari usullaridan foydalanish mumkin. Yakunda g‘olib yakkakurashlar bo‘yicha mutloq jahon chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin.
Janglar to‘rtburchakli boks ringlarida bo‘lib o‘tadi. Sportchilar asosan 3 vazn toifasida urushishadi:
-70 kilogramm;
-80 kilogramm;
+80 kilogramm.
Chempionat o‘tkazilish bosqichlari
1/8 final — 4 bosqich,
1/4 final — 2 bosqich,
1/2 final,
final
Chempionat yil bo‘yi bo‘lib o‘tadi va bir oyda 1 marta janglar tashkil qilinadi. Janglar 3 daqiqadan 3 raund bo‘ladi. Bunda kuchlar teng kelsa, g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 3 daqiqalikka murojaat qilinadi.
Fikrlar