
Ro‘ziqul Berdiev: "Nasaf"ning to‘xtashga haqqi yo‘q
Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdan so‘ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Avvalom yigitlarimizga bugungi o‘yinlari uchun rahmat aytmoqchiman. Futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz erkin harakat qilishdi. Borgan sari o‘zlariga bo‘lgan ishonch ham ortmoqda. Aslida maqsadimiz ham shu. Ya’ni futbolchilarimizni ruhiy va taktik jihatdan mahoratini oshirish. Maqsadimizga, menimcha asta sekin erishayapmiz.
Bunga keyingi o‘yinlarimiz va qo‘lga kiritayotgan natijalarimiz misol bo‘la oladi. Quvonarli tomoni bugungi uchrashuvda biz raqibimizga har tomonlama ustunlik qildik. O‘ylaymanki, bugungi g‘alabamiz bilan aziz muxlislarimizni xursand qildik. Asosiy maqsadimiz klubimiz muxlislarini o‘z o‘yinlarimiz va g‘alabalarimiz bilan quvontirish. Albatta, to‘xtashga hech qanday haqqimiz yo‘q. Biz navbatdagi o‘yinlarga ham qattiq tayyorgarlik ko‘rib, bugungidek ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqchimiz. G‘alabalarimiz muxlislarimiz uchun", - dedi Berdiev.
Fikrlar